🔍

Energetikaning matematik masalalari

Ushbu o‘quv qo‘llanma energetika qurilmalari, ularning ishlash prinsiplari, qonuniyatlari va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarning ba’zi bir masalalarning matematik yo‘li, energetika tizimlari, ularning ishlash jarayonidagi qonunlar va shu qonunlarni energetik masalalarini yechishda qo‘llash va tadqiq qilish haqidagi ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi. Energetikaning matematik masalalari fani umumkasbiy fan hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, elektrotexnikaning nazariy asoslari, energetika qurilmalari, yo‘nalishga kirish, energiya tejamkorligi asoslari va h.k fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Elektr ta‘minoti tizimlarini va tarmoqlarini loyihalash, ishlatish va holatlarini boshqarishda ularning xaraktiristikalarini hisoblash, almashtirish sxemalarini qurish, normal holatlarini hisoblash, holatlarni tahlil qilish zarurdir. Ushbu qo‘llanma talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun, elеktroenеrgеtika yo‘nalishida ta`lim olayotgan talabalar matеmatik masalalarni tushuna olishlari, ularni yechishning sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarini nazariy o‘zlashtirishlari hamda o‘rganishlari, murakkab elektr tarmoqlarning ishchi rejimlarini matrisa usulida umumlashgan holda echish va energetic masalalarni echishda ehtimollar nazariyasi usulidan foydalanish hamda elektr energetikadagi avtomatik tizim masalalarini echish va tahlil qilish usullariga asosida elektr ta‘minoti tizimlarining matematik modellashtirish va taqiq qilish sohasidagi bilimlarini mustahkamlashtirish va qo‘yilgan masalalarni mustaqil echishda malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.5%

Statistika

O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tayyorlangan, Kasb-hunar kollejlari uchun mo'ljallangan "Statistika" o'quv qo'llanmasi. Ushbu kitob ikki qismdan iborat: 1-bo'limda "Statistikaning umumiy nazariyasi", 2-bo'limda "Iqtisodiy statistika" mavzulari yoritilgan. Kitobda shuningdek, o'quvchilar mavzularni yanada mustaqil, chuqurroq o'rganishlarini ta'minlash maqsadida test topshiriqlari va mustaqil o'zini o'zi tekshirib ko'rish uchun savollar to'plami kiritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 71.5%

Statistika

Ushbu kitob statistika fanining asosiy tushunchalari va amaliy qo'llanilishiga bag'ishlangan. Unda statistik ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish, guruhlash va taqdim etish usullari, indekslar, o'rtacha qiymatlar, variatsiya va asimmetriya ko'rsatkichlari, tanlanma kuzatishlar, korrelyatsion tahlil, regressiya tahlil, dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar, aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, mehnat unumdorligi statistikasi, milliy boylik statistikasi, investitsiyalar va investitsion faoliyat statistikasi, milliy hisoblar tizimi kabi mavzular yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, bakalavrlar va iqtisodiy sohada malaka oshirish kurslarining tinglovchilari uchun mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 70.4%