Metallarni quyish usullari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Kasb ta'limi fakulteti talabasi Babaev Hamdambek tomonidan tayyorlangan bo'lib, kasb ta'limi yo'nalishi talabalarida "Metallarni quyish usullari" mavzusini o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalariga bag'ishlangan. Ish kirish, asosiy qism va xulosadan iborat. Asosiy qism texnologiya, mashinasozlik va mashinashunoslik, pedagogika, psixologiya va metodika, hamda hayot faoliyati xavfsizligi qismlaridan iborat. Bitiruv ishi talabalarning bilim olish motivatsiyasini oshirish, o'qitish sifatini yaxshilash, ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligini asoslab beradi.