Metropoliten transportida yoʻlovchi tashishning iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya Toshkent metropolitenida yoʻlovchi tashishning iqtisodiy samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Unda metropoliten transportining iqtisodiy samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xalqaro tajribalarni oʻrganish va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish orqali metro tizimini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda Toshkent metropolitenining moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilinib, kelajakdagi rivojlanish prognozlari keltirilgan. Shuningdek, quyosh energiyasini ishlatish orqali xarajatlarni kamaytirish va kompaniyaning iqtisodiy holatini yaxshilash bo'yicha takliflar berilgan. Dissertatsiyada metropoliten sanoatining jahon va mahalliy tajribasi oʻrganilgan hamda Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.