Misollar yechish
Kitobda sinfdan tashqari matematika mashg'ulotlari uchun materiallar jamlangan. Unda turli xildagi misollar yechish, mantiqiy masalalar, krossvordlar, boshqotirmalar va masalalar o'rin olgan. Materiallar o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, fanlararo bog'lanishni mustahkamlashga, mustaqil fikrlashga va o'z fikrlarini bayon eta olishga qaratilgan. Kitobda guruhlarda ishlashga mo'ljallangan topshiriqlar, musobaqalar va qiziqarli o'yinlar ham mavjud.