MODDALAR ALMAShINUVI BUZILGANDA GLOMERULYAR APPARATNING ZARARLANISHI
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, klinik ordinatorlar uchun mo'ljallangan. Unda moddalar almashinuvi buzilganda (qandli diabet, podagra, amiloidoz, mielom kasalligi) glomerulyar apparatning zararlanishi, jumladan, uning tushunchasi, etiologiyasi, patogenezi, tasnifi, klinikasi, davolashning o'ziga xos xususiyatlari keng qamrovli tushuntirilgan. Qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi PQ-3846 sonli qaroriga asoslanib, nefrologiya va gemodializ yordam ko'rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Unda zamonaviy tibbiy adabiyotlardan foydalanilgan.