Monokarbonil birikmalar hosilalari asosida Ni(II)komplekslari olinishi va tuzilishi
Ushbu ishda monokarbonil birikmalar tioatsilgidrazonlarining metallar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari, ularning tuzilishi va xossalari o'rganildi. Tadqiqot natijasida 3,3-dimetilbutanon va siklogeksanon tioatsilgidrazonlari hamda ularning Ni(II) komplekslari sintez qilindi. Olingan ligandlar va komplekslarning tuzilishini aniqlash uchun IQ, YaMR, rentgen-strukturaviy analiz kabi zamonaviy usullardan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ligandlarning turli tautomer shakllarda mavjudligini va metallar bilan turli koordinatsion birikmalar hosil qilishini ko'rsatdi. Xususan, olingan Ni(II) komplekslari tetraedrik va tekis kvadrat tuzilishlarga ega bo'lib, ular diamagnit va paramagnit xossalarga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, komplekslarning biologik faolligi ham o'rganildi.