Mustaqil ishlar
Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, oliy matematika asoslari fanidan mustaqil ishlarni bajarishga yordam beradi. Kitobda chiziqli algebra elementlari, limitlar, funksiyalarning aniqlanish sohalari kabi mavzular qamrab olingan. Har bir mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar, misollar yechimlari va variantlar bo'yicha mustaqil ishlar berilgan. Kitob yakunida test savollari va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.