🔍

Kompyuter dasturi asosida muxandislik kommunikatsiyalari tizimlarini hisoblash

Ushbu uslubiy qoʻllanma "Kompyuter dasturi asosida muxandislik kommunikatsiyalari tizimlarini hisoblash" fanidan amaliy mashgʻulotlarni oʻtish uchun moʻljallangan boʻlib, unda zamonaviy kompyuter dasturlari yordamida isitish tizimlarini loyihalashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Qoʻllanmada dasturlarni oʻrnatish, ularning interfeysi bilan tanishish, kerakli ma'lumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish bosqichma-bosqich tushuntirilgan. Turli dasturlarning (Valtec, Potok, Herz C.O. va boshqalar) imkoniyatlari va ulardan foydalanish usullari koʻrsatilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Chizma geometriya va muxandislik grafikasi.Muxandislik grafikasi va eskiz.

Ushbu uslubiy qo'llanma muhandislik grafikasi kursining boshlang'ich qismi bo'lmish proeksion chizmachilikka oid sodda detallarning yaqqol tasvirlari berilgan. Bu tasvirlar murakkabligiga qarab 3 toifaga bo'lingan. 1 va 2 - toifadagi yaqqol tasvirlar juda sodda bo'lib, dimetriya usulida yasalgan. 3- toifadagi yaqqol tasvir esa izometriya usulida yasalgan. Berilgan yaqqol tasvirlarga qarab, ularning uchta ko'rinishini yasash, zarur o'lchamlarini qo'yib chiqish, qirqim va kesimlarini berish, hamda detalning yaqqol tasvirini qurish talab qilinadi. Har bir variantdagi sakllar juda sodda bo'lib, talabalar dars jarayonida, ularning proeksiyalarini mustaqil ravishda bajarib, o'z bilimlarini mustahkamlaydilar. Izometriya uslubida yasalgan yaqqol tasvirning uchta ko'rinishini aniq o'lcham va masshtab asosida yasash hamda uning yaqqol tasvirini izometriya usulida qurish talab qilinadi. Detallarning yaqqol tasvirlariga qirqim va kesim berilmaydi. Topshiriqni A3 format chizma qog'ozda bajariladi. Bajarib taxt qilingan grafik ish baholash uchun taqdim etiladi. Ushbu uslubiy qo'llanma "Fakultetlararo umutexnika fanlari" kafedrasining 2017 yil (bayonnoma №__) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Umummuxandislik fanlari

Kitob 8-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan chizmachilik fanidan davlat ta'lim standarti va o'quv dasturini o'z ichiga oladi. Unda chizmachilikning asosiy tushunchalari, qoidalari, usullari, geometrik yasashlar, proyeksiyalash, ko'rinishlar, kesimlar, qirqimlar, aksonometrik proyeksiyalar va eskizlar haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, kitobda kompyuter yordamida oddiy chizmalar yasash va mashinasozlik chizmalari haqida ma'lumotlar ham mavjud.

🔑 Kalit soʻz🎯 78.0%

Muhandislik grafikasi

Ushbu kitob "Muhandislik grafikasi (Uzatmalar)" uzatmalar mavzusidan grafik ishlar va kurs ishlarini bajarishda mo'ljallangan o'quv uslubiy qo'llanma hisoblanadi. Qo'llanmada uzatmalar haqida umumiy ma'lumotlar, tishli g'ildiraklarni tayyorlash texnologiyasi, ularning konstruktiv ko'rinishlari, silindrik va konussimon tishli g'ildiraklar, chervyakli uzatmalar tasvirlari keltirilgan. Kitob mashinasozlik sohasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, kasb-hunar kolleji o'qituvchilari va mustaqil shug'ullanuvchi boshqa kasb egalari uchun mo'ljallangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.0%