O`zbekistonda kredit ma`lumotlari almashinuv tizimi
Ushbu kitobda Oʻzbekiston Respublikasida kredit axboroti almashinuvi tizimining tashkil etilishi, rivojlanishi va uning nazariy-huquqiy asoslari, xorijiy tajribalar, axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar, shuningdek, tijorat banklari kredit axboroti almashinuvi tizimi, faoliyati va uning tahlili atroflicha yoritilgan. Kitobda kredit axboroti almashinuvi tizimining mazmuni, ahamiyati, zarurligi, jahon tajribasi, Oʻzbekistonda yaratilgan huquqiy baza va uning institutsional asoslari hamda axborot xavfsizligini taʼminlashning dolzarb masalalari tahlil etilgan.