O‘zbekiston florasidagi madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari: tarqalishi, populyatsiyalari holati, tabiiy resurslari
Ushbu kitobda O'zbekiston florasidagi madaniy o'simliklarning yovvoyi ajdodlarining tarqalishi, populyatsiyalari holati va tabiiy resurslari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotlar natijasida O'zbekiston florasida 224 tur madaniy o'simlikning yovvoyi ajdodi aniqlangan. Ularning genetik xilma-xilligi, ekologik xususiyatlari, xo'jalik ahamiyati va muhofaza choralari ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlar aniqlanib, ularning holati baholangan. Shuningdek, tabiiy resurslari va ulardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan.