🔍

“O`zbеkiston tarixi” fanidan amaliy (sеminar) mashg`ulotlarni bajarish yuzasidan.

Ushbu kitob O'zbekiston tarixi fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan uslubiy qo'llanma bo'lib, 1-kurs talabalari uchun barcha yo'nalishlarni qamrab oladi. Qo'llanma mamlakat mustaqillikka erishgandan so'ng tarix fanining o'qitilishidagi yangi vazifalarni yoritadi va talabalarga vatan tarixini chuqurroq o'rganish orqali vatanni sevish va undan faxrlanish tuyg'ularini tarbiyalashga qaratilgan. Qo'llanmada seminar mashg'ulotlari uchun mavzular, rejalar va zarur adabiyotlar keltirilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Ijtimoiy va oila psixologiyasi

Ushbu o'quv uslubiy tuzilma ijtimoiy hayot sirlarining muxtasar bayoni bo'lib, ijtimoiy va oila psixologiyasining ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to'g'risida tasavvur beradi. U talabalarga dars jarayoni orqali insonning jamiyat va oila bilan bo'ladigan ko'plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini berish, ularni o'z atrofida ro'y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o'zi va o'zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo'lmaslik, o'z layoqatlarini o'stirishning elementar vositalaridan bohabar bo'lishga yordam beradi. Uslubiy tuzilma ijtimoiy psixologiya asoslari bo'yicha muxtasar bilimlarni beradi, bunda albatta ijtimoiy va oila psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga, boshqaruv va rahbarlik masalalariga, muloqot va uni samarali ta'sir etish yo'llariga, muloqotning shakllari, bosqichlari, vositalariga, shaxsning ijtimoiy munosabatlardagi turli toifalardagi oilalarga e'tiborni qaratadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.4%