O`lchash usullari va vositalari
Ushbu o'quv-uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 1-martdagi 107-buyrug'iga muvofiq ishlab chiqilgan. Majmuada "O'lchash usullari va vositalari" fanining asosiy tushunchalari, o'lchash turlari, birliklari, usullari va vositalari, shuningdek to'qimachilik materiallarining mexanik va fizik xossalarini aniqlash usullari va jihozlari batafsil yoritilgan. Kitobda har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari va asosiy tayanch so'zlar ham berilgan. Shuningdek, mustaqil ta'lim mashg'ulotlari va qo'shimcha ma'lumotlar ham keltirilgan.