Ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi
Ushbu kitob Oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi fanining maqsadi, vazifalari va qoʻllaniladigan uslublari, shuningdek turli oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini baholash boʻyicha chuqur maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Kitobda meva-sabzavotlar, don, un, yorma, non va makaron mahsulotlari, lazzatli mahsulotlar, yogʻlar, sut va sut mahsulotlari, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, baliq va baliq mahsulotlari, quruq va konservalangan mahsulotlarning sifat ekspertizasi, ularning saqlash jarayonida boʻladigan oʻzgarishlar, nuqsonlar va ularni bartaraf etish yoʻllari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, ichimliklar, ziravorlar va osh tuzi kabi mahsulotlarning tavsifi va sifat ekspertizasi ham keng qamrovli bayon etilgan. Kitob talabalar va mutaxassislar uchun oziq-ovqat tovarlarining sifatini aniqlash va baholash boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.