O‘zbek tilining chet mamalakatlarda o‘qitilish va o‘rganilish tarixiga doir
Ushbu maqola O'zbek tilining chet mamlakatlarda o'qitilishi va o'rganilishi tarixiga bag'ishlangan. Xususan, O'zbekiston bilan Germaniya o'rtasidagi madaniy va ilmiy aloqalar, bu aloqalarda nemis professori Annamariya von Gabainning o'rni va ilmiy merosi keng yoritilgan. Maqolada Gabainning qadimgi turk va uyg'ur tillari, xususan, uyg'ur yozuvlari bo'yicha olib borgan tadqiqotlari, "Altuür-kisehe Grammatik" va "Özbekçe grameri" kabi fundamental asarlari, shuningdek, uning "Societas Uralo-Altaica"dagi faoliyati haqida ma'lumot beriladi. Gabainning o'limi turkologiya uchun katta yo'qotish bo'lgani, biroq uning ilmiy merosi bugungi kun uchun ham dolzarb ahamiyatga ega ekani ta'kidlangan.