O.Genri ijodi va o‘zbek hikoyachiligida insoniy taqdirlar, shaxs va jamiyat munosabatlaridagi mushtaraklik
Ushbu dissertatsiya O. Genri ijodini va oʻzbek hikoyachiligini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda O.Genri asarlaridagi insoniy taqdirlar, shaxs va jamiyat munosabatlari hamda oʻzbek adabiyotidagi shunga oʻxshash jihatlar oʻrganilib, ikkala adabiyot oʻrtasidagi oʻziga xosliklar va mushtarakliklar aniqlanadi. Adibning qahramonlari, syujet tuzilishi, yechim paradokslari, ijtimoiy motivlar, uslub va individuallik kabi masalalar ham chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, O.Genri ijodining oʻzbek adabiyotiga ta'siri ham koʻrib chiqiladi. Kitobda O.Genri va oʻzbek adiblari (A. Qahhor, X. Sultonov, N. Eshonqul, I. Sulton) asarlarining qiyosiy tahlili asosida umuminsoniy gʻoyalar, milliy qadriyatlar va mentalitetning aks etishi haqida xulosalar chiqariladi.