Oqova suvlarni tozalash tеxnologiyasi
Ushbu darslikda "Oqova suvlarni tozalash texnologiyasi" fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berilgan bo'lib, uning asosiy yo'nalishlari: suvning xossalari va qo'llanilishi, oqova suvlarning hosil bo'lishi, tarkibi va xossalari, sanoat oqova suvlari tasnifi, mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va flotatsion usullar bilan tozalashning asosiy usullari, ularning nazariy va amaliy asoslari hamda oqova suvlarni tozalashning ekologik va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'nalishlari atroflicha o'rganilgan. Darslik talabalar uchun ham nazariy, ham amaliy ko'nikmalar hosil qilishga qaratilgan.