Orolbo'yi qadimgi yo'llarining tarixi
Ushbu dissertatsiya avtoreferati Orolboʻyi hududining qadimgi va oʻrta asrlardagi yoʻllarining tarixi, ushbu hududning mintaqaviy va transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy aloqalardagi oʻrni, migratsiya jarayonlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid ilmiy-amaliy tadqiqot natijalarini oʻz ichiga oladi. Tadqiqotda Orolboʻyi hududidagi karvon yoʻllari, infratuzilmalar, ulov-transport vositalari va bu yoʻllarning iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri oʻrganilgan. Arxeologik va yozma manbalar asosida Orolboʻyi yoʻllarining qadimgi davrdan oʻrta asrlargacha boʻlgan rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan.