🔍

Ijtimoiy va oila psixologiyasi

Ushbu o'quv uslubiy tuzilma ijtimoiy hayot sirlarining muxtasar bayoni bo'lib, ijtimoiy va oila psixologiyasining ilmiy amaliyot va ilmiy tadqiqot quroli sifatidagi imkoniyatlari to'g'risida tasavvur beradi. U talabalarga dars jarayoni orqali insonning jamiyat va oila bilan bo'ladigan ko'plab murakkab munosabatlari tizimining ijtimoiy psixologik mexanizmlarini yoritib berishga qaratilgan. Shuningdek, yoshlarga aynan psixologik bilimlar asoslarini berish, ularni o'z atrofida ro'y berayotgan islohotlarga holis baho berish, o'zi va o'zgalar ruhiyati sir-asrorlarini befarq bo'lmaslik, o'z layoqatlarini o'stirishning elementar vositalaridan bohabar bo'lishga yordam beradi. Uslubiy tuzilma ijtimoiy psixologiya asoslari bo'yicha muxtasar bilimlarni beradi, bunda albatta ijtimoiy va oila psixologiyasidagi tadbiqiy, amaliy sohalarga, boshqaruv va rahbarlik masalalariga, muloqot va uni samarali ta'sir etish yo'llariga, muloqotning shakllari, bosqichlari, vositalariga, shaxsning ijtimoiy munosabatlardagi turli toifalardagi oilalarga e'tiborni qaratadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.8%

Turizm Asoslari

Ushbu qoʻllanma turizm sohasida faoliyat yuritayotgan yoki bu sohada ta’lim olayotganlar uchun moʻljallangan boʻlib, unda turizmning asosiy tushunchalari, turlari, tashkil etish tamoyillari, infratuzilmasi, rasmiyatchiliklari, huquqiy asoslari va rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yoritilgan. Qoʻllanma turizm biznesini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirganlar, turistik firmalarda ishlaydiganlar va talabalar uchun foydali ma’lumotlar manbai boʻlishi mumkin.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.6%

Анкилозловчи спондилоартритли беморларда иммуногенетик бузилишлар, яллиғланиш маркерлари ва юрак қон-томир тизими ҳолатининг хусусиятлари

Ushbu dissertatsiya o'zbek tilida bo'lib, ankilozlovchi spondiloartrit (AS) bilan kasallangan bemorlarda immunogenetik buzilishlar, yallig'lananish markerlari va yurak-qon tomir tizimi holatini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda AS ning rivojlanishi va kechishiga ta'sir etuvchi omillar, jumladan, immunologik va genetik markerlarning roli, hamda yurak-qon tomir tizimidagi o'zgarishlar batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida kasallikni erta tashxislash va prognozlash bo'yicha yangi usullar taklif etilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.5%

Ўзбекистонни ривожлантириш стратегияси. Фуқаролик жамияти

Mazkur «O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati» fani bo‘yicha ma’ruzalar matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi № 107 son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu ma’ruzalar matni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil «18» 08 dagi № 4 raqami bilan tasdiqlangan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati” fan dasturi asosida ishlab chiqilgan. Kitobda fuqarolik jamiyatining mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi, uning asosiy tamoyillari, ijtimoiy-siyosiy fikr tarixida fuqarolik jamiyatining o‘rni, Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida fuqarolik jamiyati g‘oyalari, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati, O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanish strategiyasi, fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va omillari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va mas’uliyatining o‘rni, o‘zini-o‘zi boshqarishning ahamiyati, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti sifatida, saylov huquqi erkinligi, fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish kabi muhim masalalar keng yoritib berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.4%