Navo maqomida parda tizimining rivojlanish evolyutsiyasi
Ushbu avtoreferat "Navo" maqomining parda tizimining rivojlanish evolyutsiyasiga bag'ishlangan. Tadqiqotda O'zbek an'anaviy cholg'ularining, xususan ud va tanburning maqom ijrochiligidagi roli va ahamiyati, "Navo" maqomining nazariy va amaliy jihatlari, uning parda tizimidagi muammolari va ijro uslublari chuqur o'rganilgan. Shuningdek, "Shashmaqom"ning ilmiy-nazariy masalalari, Navo maqomining tanbur parda tizimidagi ifodasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida maqom san'atining rivojlanishiga oid nazariy va amaliy xulosalar keltirilgan.