Buyuk ipak yo’lida joylashgan shaharlar tarixi
Ushbu tadqiqot ishi Buyuk ipak yo‘lining O‘zbekiston hududida joylashgan shaharlari tarixini, ushbu yo‘nalishning jahon sivilizatsiyasi tarixida tutgan o‘rni, O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘li an’analarini qayta tiklash va rivojlantirishdagi ishtiroki, Buyuk ipak yo‘li bo‘yida joylashgan karvonsaroy va sardabolar tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot miloddan avvalgi II asrdan milodiy XVI asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Kitobda Buyuk ipak yo‘lining shakllanishi va yo‘nalishlari, uning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, savdo-sotiq, madaniyat, ilm-fan, tibbiyot, harbiy, siyosiy va boshqa sohalardagi o‘rni, shuningdek, YUNESKOning roli va O‘zbekistonning ishtiroki ham yoritilgan.