Yuqоri mоlеkulyar birikmаlаr va polimer materiallar kimyosi
Ushbu kitob polimerlar sintezining asosiy turlari, kimyoviy va fizik-mexanik xossalari, polimerlarning destruksiyasi va ularni stabillash usullari, polimer eritmalari hamda ularning reologik xossalarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda polimerlar sintezining radikal polimerlanish, ionli polimerlanish, polikondensatlanish va polimerlarning kimyoviy o'zgarishlari kabi muhim mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, polimerlarning destruksiyasi, fazaviy o'zgarishlari va molekulyar massasini aniqlash usullari ham o'z ichiga oladi. Kitob amaliy mashg'ulotlar uchun ham keng qamrovli materiallar bilan ta'minlangan bo'lib, talabalarga polimerlar kimyosi sohasidagi nazariy bilimlarini mustahkamlashga va amaliy ko'nikmalar hosil qilishga yordam beradi.