Qarindoshlar orasidagi buyrak transplantatsiyasidan keyingi urologik asoratlarni oldini olish va davolash jihatlari
Ushbu dissertatsiya buyrak transplantatsiyasidan keyingi yuzaga keladigan urologik asoratlarni (UA) oldini olish va davolashga bag'ishlangan bo'lib, tadqiqotning maqsadi ushbu asoratlarni minimal invaziv usullar yordamida samaraliroq davolash taktikalarini takomillashtirish orqali natijalarni yaxshilashdir. Tadqiqotda bemorlarning hayot sifati va transplantatning uzoq muddatli faoliyatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar keltirilgan.