Qo‘ylarda senurozning zamonaviy diagnostikasi va xirurgik usulda davolash
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonning Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi qoʻychilik xoʻjaliklari va aholiga qarashli qoʻylarda senurozning tarqalishi va klinik belgilarini oʻrganish, kasallikni zamonaviy aniq tashxisi va davolashning jarrohlik usulini takomillashtirishga bagʻishlangan. Tadqiqotda senuroz diagnostikasi va jarrohlik usulida davolash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan boʻlib, bu tavsiyalarni qoʻllash hisobiga qoʻylarda senurozni diagnostika qilish va jarrohlik yoʻli bilan davolashda yuqori samaradorlikka erishilgan. Tadqiqotning iqtisodiy samaradorligi 1 soʻm sarflangan xarajatga 5,2 soʻm ni tashkil etishi aniqlangan.