Rapsodiya
Ushbu kitob, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi To'lqin Qurbonovning A.I. Petrosyans xotirasiga bag'ishlangan "Rapsodiya" asarining ikki fortepiano uchun moslashtirilgan notalar to'plamidir. Asar o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun yozilgan bo'lib, dotsent F.X. Ibragimov tomonidan fortepiano uchun moslashtirilgan. Kitobda "Rapsodiya"ning to'liq nota matni, asar haqida ma'lumotlar va uning yaratilish tarixi keltirilgan.