Plastik massalar va rezina mavzusini interfaol usulda o’qitishda talabalar faolligini oshirish
Bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Namangan muhandislik-pedagogika instituti Texnologiya fakulteti «Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasida bajarilgan. Ishning mavzusi KXKlarda Metallar texnologiyasi fanidan «Plastik massalar va rezina» mavzusini interfaol usulda o'qitishda talabalar faoligini oshirishga bag'ishlangan. Ishda plastik massalar va rezinalar haqida ma'lumotlar, ularni ishlab chiqarish texnologiyalari va usullari, ularning tuzilishi va xossalari, shuningdek, termoplastik va termoreaktiv plastik massalar xillari, xossalari va foydalanish joylari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, ishda plastik massalardan detallarni tayyorlash usullari va detallar konstruktsiyasiga qo'yiladigan talablar ham yoritilgan.