Veterinariya mikrobiologiyasi
Ushbu taqdim etilgan kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, Samarqand Veterinariya Medisinasi Institutining "Hayvonlarning yuqumli va invazion kasalliklari kafedrasi" dotsenti Z. J. Shapulatova tomonidan tayyorlangan "Veterinariya mikrobiologiyasi" fanidan ma'ruzalar matnidir. Kitob 5111000 - Kasb ta'limi (Veterinariya) va 5440100 – Veterinariya bakalavr yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. Kitobda veterinariya mikrobiologiyasining nazariy va amaliy jihatlari atroflicha yoritilgan bo'lib, unda mikroorganizmlarning umumiy biologiyasi, tuzilishi, morfologiyasi, fiziologiyasi, tabiatdagi roli, ko'payishi, yuqumli kasalliklar qo'zg'atuvchi omillar, immunitet, mikrob ekologiyasi, shuningdek hayvonlarning asosiy yuqumli kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari haqida batafsil ma'lumot berilgan.