ASTROFIZIKA VA ASTRONOMIYA ASOSLARI
Ushbu kitob astrofizika va astronomiyaning asosiy tushunchalarini, astronomik kuzatishlar va hisoblash usullarini, Quyosh sistemasining tuzilishi va dinamikasini, yulduzlar olamini va galaktikalarning tuzilishini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda osmon sferasi, koordinatalar sistemasi, vaqt o'lchash, Quyoshning harakati, sayyoralar harakati, yulduzlar va galaktikalar tuzilishi kabi asosiy mavzular batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, kitobda sferik trigonometriya, Kepler qonunlari va yulduzlarning fizik xususiyatlarini aniqlash usullari ham ko'rib chiqiladi.