Separabel kubik stoxastik operatorlarning dinamikasi.
Ushbu dissertatsiya ishi separabel kubik stoxastik operatorlar tomonidan yaratilgan diskret vaqtli dinamik tizimlarning dinamik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Lotka-Volterra operatorlari, stoxastik operatorlar va ularning dinamikasi, kvadratik va kubik stoxastik operatorlar, hamda Volterra kvadratik stoxastik operatorlarining aniqlanishi va ularning xossalari bayon etilgan. Shuningdek, uchta matritsaga bog'liq bo'lgan separabel kubik stoxastik operatorlarning dinamikasi, ularning Lyapunov funksiyalari va Volterra operatorlari bilan o'zaro munosabatlari o'rganilgan. Mavzuning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan.