Shakespearean сanon in the uzbek literature
Ushbu maqola jahon adabiyotining noyob asarlaridan biri bo'lgan Uilyam Shekspirning "Gамлет" (Hamlet) fojiasining o'zbek tiliga qilingan tarjima tarixi va bu tarjimalarning xususiyatlarini tahlil qiladi. Maqolada o'zbek adabiyotida Shekspir ijodining, xususan "Gамлет"ning qanday qabul qilingani, uni o'zbek tiliga ilk bor kimlar, qaysi bosqichlarda tarjima qilgani haqida batafsil ma'lumot berilgan. Jumladan, o'zbek adabiyotining yirik namoyandalari Abdulla Qodiriy, Chulpon, Maqsud Shayxzoda va ayniqsa, Jamol Kamol kabi ijodkorlarning Shekspir tarjimalaridagi o'rni va ularning tarjima mahorati yoritib berilgan. Maqolada, shuningdek, o'zbek va rus tarjimonlari tomonidan "Gамлет"ning turli tarjimalari qiyoslanib, ularning asl matnga sodiqligi va badiiy mahorati baholanadi. Jamol Kamolning shekspirshunosligi va ayniqsa, "Gамлет"ni asl tildan tarjima qilishi alohida e'tirof etilgan. Maqola "Gамлет"ning o'zbek tilidagi tarjimasi jahon adabiyotini o'zbek adabiyotiga olib kirishdagi muhim qadam bo'lganini ta'kidlaydi.