O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati
Ushbu kitob "Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati" deb nomlangan boʻlib, joy nomlarining kelib chiqishi, maʼnolari va tarixiy mohiyati haqida maʼlumot beradi. Kitobda turli manbalarga tayangan holda, hududlarning geografik, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, diniy-falsafiy, estetik qarashlari, ona tilini e’zozlash va uning boyliklarini asrab-avaylash usullarini o‘zida ifoda etgan ulkan xazina, lisoniy birliklar sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, joy nomlarining etnonimlar, etnotoponimlar, o‘zbek mentalitetini aks ettiruvchi jihatlari ham atroflicha tahlil etilgan. Kitobda joy nomlarining ma’nolari aniqlash va ularni keng omma ma’lum qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirishi bilan ahamiyatlidir. Mualliflarning ilmiy yutuqlarini umumlashtiradigan, hayotga tatbiq etadigan mana shunday manbalar nashr qilingan. Kitobning kelib chiqishi bevosita hukumatning davlat tili va mamlakat tillarini rivojlantirish va asrab-avaylash yo‘lidagi siyosat natijasidir.