Eshqobil Shukur she’riyatida so‘zning badiiy vazifasi
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi Eshqobil Shukur she'riyatida so'zning badiiy vazifasini tahlil qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda shoir ijodining asosiy xususiyatlari, obrazlar tizimi, folklor an'analaridan foydalanishi hamda badiiy san'atlarning qo'llanishi atroflicha o'rganilgan. Tadqiqotda Eshqobil Shukurning o'ziga xos ohangi va uslubi, xalqona dard va o'zgacha topilmalarga boy obrazlari, shuningdek, janrlar xilma-xilligi, mavzularning keng doirasi, badiiy vositalarning o'ziga xosligi atroflicha ochib berilgan. Dissertatsiya Eshqobil Shukur she'riyatining estetik qiymati, milliy ruhni mujassam etish salohiyati va adabiyotimizga qo'shgan hissasi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.