Tо‘rtinchi tartibli karrali xarakteristikali va parabolo-giperbolik tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar
Ushbu dissertatsiya toʻrtinchi tartibli oʻzgarmas va oʻzgaruvchan koeffitsiyentli kichik tartibli hosilalar qatnashgan karrali xarakteristikali bir jinsli boʻlmagan tenglamalar va to'rtinchi tartibli parabolo-giperbolik tipdagi tenglamalar uchun chegaraviy masalalar qoʻyish va oʻrganishga bag'ishlangan. Tadqiqot natijasida yangi chegaraviy masalalarning korrektligi asoslangan, koeffitsiyentlar uchun yetarli shartlar aniqlangan, tenglamalar yechimlari Grin funksiyalari va Furye qatorlari usullari yordamida qurilgan.