🔍

Tasvirlarni ishlash fanidan namunaviy vidеodars ishlanmalari va ular asosida amaliy mashg`ulot dars sеnariylarini ishlab chiqish

Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Tasvirlarni ishlash" fanidan namunaviy videodars ishlanmalari va ular asosida amaliy mashg‘ulot dars ssenariylarini ishlab chiqish masalalari o‘rganilgan. Ish jarayonida mavjud manbalar tahlili, zamonaviy dars mashg‘ulotlarida mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari, videodars ishlanmalarini yaratish tizimlari va dasturiy vositalari ko‘rib chiqilgan. Ish natijalari oliy ta’lim va kasb-hunar kollejlarida amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish uchun tavsiya etiladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Tasvirlarni qayta ishlash asoslari

Ushbu uslubiy ko'rsatma "Tasvirlarni qayta ishlash asoslari" fanidan tajriba mashg'ulotlarini o'tkazish bo'yicha zarur bo'lgan barcha yo'riqnomalarni va tajriba ishi variantlarini o'z ichiga olgan. Undan tashqari, uslubiy ko'rsatmadan "Tasvirlarni qayta ishlash asoslari" fanini mustaqil o'rganuvchi talabalar, magistrlar va oqituvchilar foydalanishlari mumkin. Kitobda tasvirni Photoshop va OpenCV dasturlari yordamida qayta ishlash usullari, formatlari, vositalari va amaliy mashg'ulotlari batafsil yoritilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

“Tasvirlarni qayta ishlash asoslari” faninidan

Ushbu uslubiy qo'rsatma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta-Maxsus ta'lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti, "Informatika va AT" kafedrasi tomonidan "Tasvirlarni qayta ishlash asoslari" fanidan tayyorlangan bo'lib, unda tasvirni qayta ishlash asoslari, Adobe Photoshop dasturida ishlash, tasvir formatlari, OpenCV kutubxonasi yordamida tasvirni qayta ishlash usullari, tasvir sifatini oshirish, bo'laklash, kontur ajratish, va belgilarni taqqoslash kabi mavzular chuqur yoritilgan. Qo'shimcha ravishda, uslubiy qo'rsatma talabalarga ko'plab amaliy mashg'ulotlar va dasturlar yaratish bo'yicha yo'riqnomalar beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Tasvirli masalalar

Ushbu uslubiy qoʻllanma umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari geometriya, algebra va analiz fanlarida uchraydigan tasvirli masalalar klassifikatsiyalanib, har bir klassifikatsiyalangan turiga oid qisqacha nazariy ma'lumot, masalalarni yechish naʼmunalari, mustaqil yechish uchun masalalardan na'munalar keltirilgan. Fanlararo aloqadorlikka doir ham tasvirli masalalar berilgan. Ularda keltirilgan metodik tavsiyalar ushbu uslubiy qoʻllanmadan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi. Keltirilgan misol va masalalar nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, tadbiqini kengaytirishga qaratilgan boʻlib, talabalarni mustaqil, ijodiy izlanishga yoʻnaltirilgan. Uslubiy qoʻllanmadan umumta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari, o'quvchilari hamda oliy oʻquv yurtiga kiruvchi abituriyentlar foydalanishi mumkin.

🔑 Kalit soʻz🎯 77.2%