Takomillashgan tuynukochgich-chuquryumshatkichning qiya ustunli ish organi parametrlarini asoslash
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va meliorativ ishlarini takomillashtirishga bag'ishlangan bo'lib, unda takomillashgan tuynukochgich-chuquryumshatkichning qiya ustunli ish organi parametrlarini asoslashga bag'ishlangan tadqiqotlar o'rin olgan. Tadqiqotda shoʻrlangan yerlarda tuynukli drenaj hosil qilish texnologiyalari tahlil qilinib, energiya va resurstejamkor qurilmalar yaratishning ilmiy-texnikaviy asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari amaliyotga tatbiq etilgan hamda uni qoʻllash natijasida mehnat va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish, ish unumini oshirish mumkinligi koʻrsatilgan.