Televideniye va radio rejissurasi
Ushbu o'quv qo'llanma televideniye va radio rejissurasi sohasini o'rganuvchi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Unda televideniyening paydo bo'lishi tarixi, uning reproduktiv funksiyalari, radio va televideniyening OAV sifatidagi o'rni, Toshkent radioeshittirish uyining tarixi, O'zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi faoliyati, televideniye rejissori va uning vazifalari, rejissyorlik qobiliyatini tarbiyalash, televideniyeda tasvirchi va uning vazifalari, yoritish rejissurasi, rejissyor va rassom mahorati, musiqa va surat, mikrofonlar, televideniye ko'rsatuvlarining ta'sirchanligini aniqlashda baho mezonlari, axborot janrlari, televideniye dasturlarida publitsistik ko'rsatuvlarni tashkil qilish, teleseriallar va ularning rejissurasi, rejissyorning badiiy asar ustida ishlash jarayoni, rejissyorlik ssenariysi, televidion ko'rsatuvlar ssenariysidan lavhalar, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar kabi muhim mavzular atroflicha yoritilgan.