🔍

To'quvchilik texnologiyasi

Ushbu kitobda "To'quvchilik texnologiyasi" fani doirasida nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan asosiy ma'lumotlar, davlat standartlari, texnik va texnologiya yangiliklari, ularning to'qima ishlab chiqarish texnologiyasidagi samaradorliklari tahlil etilgan. Kitobda to'qima ishlab chiqarish jarayonlarining ketma-ketligi, ishchi mexanizmlari, ularning tuzilishi, ishlashi, to'qimachilik sanoatida to'qima ishlab chiqarishning texnika va texnologiyalarining rivojlanishi, yaratilishi, yo'nalishi, ilg'or texnologiyalarning qo'llanilishi, yangi to'qima assortimentlarini ishlab chiqish hamda korxonalarda foydalanish va amalda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilishga bag'ishlangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

To‘quvchilik texnologiyasi

Ushbu kitobda "To'quvchilik texnologiyasi 1,2" fanining asosiy mavzulari, to'qima ishlab chiqarish texnologiyasi mohiyati, uning taraqqiyoti, tashkiliy shakllari, talabalarda to'qimachilik sanoatini milliy iqtisodiyotda tutgan o'rniga katta e'tibor bergan holda talabalarga to'qima ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini ketma-ketligi, texnika va texnologiya yangiliklari va ularni to'qima ishlab chiqarish texnologiyasidagi samaradorliklarini tahlil eta olishi, to'qimachilik sanoatida to'qima ishlab chiqarishning texnika va texnologiyalarini rivojlanishi, yaratilishi, yo'nalishi, ilg'or texnologiyalarning qo'llanilishi, yangi to'qima assortimentlarini ishlab chiqish hamda korxonalarda foydalanish va amalda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilish o'rganiladi. Shuningdek, to'qimachilik sanoatida to'quv dastgoxlari taxtlash omillarini o'rganish, xisoblash va o'rnatish, to'quvchilik usuli bilan to'qimalar ishlab chiqarish uchun fan tarixi va rivojlanishining tendensiyasi, istiqboli xamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari va xududiy muammolarni to'qimachilik sohasida ishlatiladigan yangi texnika va texnologiyalarni istiqboliga ta'siri masalalari mantiqiy ketma-ketlikda o'z aksini topgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Sohaga kirish

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kengashining 2022-yil 27-avgustdagi 1-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Sohaga kirish” fani dasturi asosida ishlab chiqilgan. Majmua to'qimachilik sanoati, uning rivojlanishi, texnologiyalari, shuningdek turli xil gazlamalar va ularning turlari, ularning ishlab chiqarilishi hamda O'zbekiston to'qimachilik sanoatining tarixi va rivojlanishi haqida batafsil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.3%

O’quvchilаrgа mеhnаt tа’limi vа tаrbiyasi bеrishdа mоddiy qаdriyatlаrdаn fоydаlаnish mеtоdikаsi.

Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi umumiy o'rta ta'lim maktablarida xalq hunarmandchiligini o'qitishning nazariy va amaliy jihatlari, metodik asoslari yoritilgan. Unda xalq hunarmandchiligining o'rni, mazmuni, tuzilishi, rivojlanish tarixi va bugungi kundagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, kitobda xalq hunarmandchiligi sohalaridan foydalanish orqali o'quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish yo'llari ko'rsatib beriladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 79.3%