Toj Salmoniyning “Tarixnoma” asari tarixiy manba sifatida
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati Toj Salmoniyning “Tarixnoma” asarini tarixiy manba sifatida oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda Amir Temur davridagi va uning vafotidan keyingi (1404-1409 yillar) siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy jarayonlar “Tarixnoma” asari asosida tahlil qilingan. Asarning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati, Oʻzbekiston tarixshunosligidagi oʻrni ham ochib berilgan.