IX-XII asrlarda Uyg‘onish davri madaniyati
Ushbu bitiruv malakaviy ishi IX-XII asrlarda Oʻrta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan Uygʻonish davri madaniyatini, ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini tadqiq etishga bagʻishlangan. Ishda ushbu davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning madaniy yuksalishga ta'siri, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi, jumladan, hadisshunos va fiqhshunos allomalar, matematika, astronomiya, geografiya, falsafa, tilshunoslik kabi sohalarda olib borgan ijodiy va ilmiy ishlari atroflicha tahlil qilingan. Kitobda, shuningdek, arxeologiya, me'morchilik va san'at sohalaridagi yutuqlar ham yoritilgan.