Vakuum nasoslari
Ushbu kitob vakuum nasoslarining nazariy asoslari, ishlash prinsiplari, turlari va qo'llanilish sohalariga bag'ishlangan. Unda vakuum haqida umumiy tushunchalar, nasoslarning tasnifi, ularning asosiy ko'rsatkichlari, turli tipdagi nasoslarning (mexanik, ejektorli, molekulyar, adsorbsion, kriogen va boshqalar) tuzilishi va ishlash xususiyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, vakuum texnikasida qo'llaniladigan materiallar va ularning xususiyatlari, vakuum tizimlarining loyihalash tamoyillari ham ko'rib chiqiladi.