Xром чармларини қопламали бўяш учун оқсил гидролизати асосидаги қопламаларни олиш ва тадқиқ этиш
Ushbu tadqiqot xrom charmlarini bo'yash va pardozlash uchun ishlatiladigan protein gidrolizati asosidagi qoplamalarning xossalari va ishlab chiqarish usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda pigment konsentrati, kazein, akril aldegid va protein gidrolizati kabi komponentlardan iborat bo'yoq kompozitsiyalarining qoplamalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, akril aldegidlarining mavjudligi qoplamaning destruksiyasiga olib kelishi aniqlangan. Shuningdek, kazeinli qoplamalarning termobarqarorligi va jilo berish xususiyatlari ta'kidlanib, ularning elastikligini oshirish uchun plastifikatorlardan foydalanish zarurligi ko'rsatilgan. Chirm-qoplama tizimlarida kazein va shellak kabi tabiiy polimerlar qo'llanilishi, lekin ularning ba'zi xossalari chegaralanganligi sababli, yangi va takomillashtirilgan usullarni ishlab chiqish zarurati ko'rsatib o'tilgan. Tadqiqotda, ayniqsa, charmlarning sifatli va uzoq muddat foydalanish davomida barqaror yopishqoqligini ta'minlaydigan yangi pardozlash usuli taklif etilgan.