🔍

Математика 1

Ushbu o'quv qo'llanma O'zR Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy matematika,” fanining o‘quv rejasiga to‘la mos keladi va bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan: 5330500 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Multimedia texnologiyalari”); 5330300 – Axborot xavfsizligi; 5330600 – Dasturiy injiniring; 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, Mobil tizimlari); 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”); 5350300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; 5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi; 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi; 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik. O‘quv qo‘llanma ikki jilddan iborat bo‘lib, uning birinchi jildida chiziqli algebra, tekslikda va fazoda analitik geometri va vektorlar algebrasi elementlari, matematik analizga kirish, bir o‘zgaruvchili funksiyalarning differensial hisobi, funksiyalarni hosilalar yordamida tekshirish, bir o‘zgaruvchili funksiyalarning integral hisobi kiritilgan. Har bir paragrafda dastlab qisqacha nazariy ma’lumotlar keltirilib, keyin esa turli tipdagi misol va masalalarning batafsil yechilish usullari ko‘rsatilib, kerakli uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Har bir bo‘lim uchun mustaqil yechish uchun yetarli miqdorda misol va masalalar hamda test savollari berilgan. Undan tashqari har bir bo‘limda berilayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lovchi masalalar yechib ko‘rsatilgan va mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.3%

Алишер Навоий йигит радифли мухаммасининг қиёсий тахлили

Ushbu maqola Alisher Navoiyning "Yigit radifli muxammasining qiyosiy tahlili"ga bag'ishlangan. Unda Navoiy asarlarining qo'lyozmalari va ularning tadqiq etilishi, shuningdek, shoirning muxlislari tomonidan saqlanib kelinayotgan asarlar haqida ma'lumot beriladi. Qo'lyozmaning tarkibi, unda jamlangan g'azallar (Xo'ja Hofiz, Alisher Navoiy, Fuzuliy va boshqalar) sanab o'tiladi. Maqolada Navoiyning "Xazoyinu-l-maoniy" kulliyotidan o'rin olgan muxammaslari, ularning yaratilish xususiyatlari (tab'i xud va taxmis) haqida so'z yuritiladi. Muallif Navoiyning 20 tomlik mukammal asarlar to'plamiga kiritilgan muxammas matni bilan qo'lyozmada saqlanayotgan muxammas matnini qiyoslaydi va ulardagi farqlarni aniqlaydi. Shuningdek, maqola Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot va san'at muzeyida saqlanayotgan qo'lyozma bilan ham solishtiriladi va xulosalar beriladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.5%

Alisher Navoiyning ,,Xamsat ul-mutahayyirin”asarida Jomiy timsoli talqini

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning buyuk ustozi, salafi, shoir Hazrat Jomiyga bag'ishlangan beqiyos ehtiromi va „Xamsat ul-mutahayyirin” asari tahlil qilingan. Navoiy oʻz hayoti va ijodiy faoliyati davomida koʻplab insonlarni oʻziga ustoz deb bilgan boʻlsa-da, aynan Abdurahmon Jomiyga ota, doʻst va ustoz sifatida qaragan. Navoiy 1494-yilda yozgan „Xamsat ul-mutahayyirin” asari Jomiyga bagʻishlangan. Asarda Jomiyning nasabi, tugʻilishi, tarbiyalanishi, tahsil olishi, ijodiy faoliyati, oʻzaro munosabatlari, Jomiyning „Daryoyi abror” asariga javoban yozilgan „Lujjat ul-asror” qasidasi, Navoiyning „Tuhfat ul-afkor” qasidasi, Jomiyning vafoti va ushbu voqea munosabati bilan yozilgan marsiya va taʼrixlar haqida maʼlumot beriladi.

🔑 Kalit soʻz🎯 72.4%