Himoyalangan gruntda yetishtiriladigan pomidor nav va duragaylarining hosildorligiga yetishtirisn texnologiyasining ta’siri
Ushbu kitob asosan himoyalangan grunt sharoitida pomidor yetishtirishning texnologik va seleksiya jihatlariga bag'ishlangan. Unda, pomidor navlari va duragaylarining hosildorligiga yetishtirish texnologiyasining ta'siri, shuningdek, qishloq xo'jaligining turli jabhalari, ekish sxemalari, o'g'itlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish usullari keng yoritilgan. Kitob, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari asosida qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratadi. Kitob oxirida internet ma'lumotlari, adabiyotlar ro'yxati va ilovalar keltirilgan.