Yupiter va uning yo‘ldoshlarini kuzatish metodikasini takomillashtirish (Meade LX90 Shmidt-Kassegren teleskopi vositasida)
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Yupiter sayyorasini va uning yo'ldoshlarini kuzatish metodikasini takomillashtirishga bag'ishlangan. Kitobda Yupiter sayyorasining fizik parametrlari, Quyosh sistemasidagi o'rni, yo'ldoshlari va halkasi haqida nazariy ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, Meade LX90 teleskopining tuzilishi, ishlash prinsipi va undan foydalanish bo'yicha metodik tavsiyalar keltirilgan. Kitobda Yupiter va uning yo'ldoshlarini kuzatishda foydalaniladigan dasturiy ta'minotlar va qo'shimcha jihozlar haqida ham ma'lumotlar mavjud. Tadqiqot ishida Yupiter sayyorasini kuzatish jarayonida olingan natijalar tahlil qilingan va ularning ilmiy-amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan.