Z5 Maydon ustida darajasi N dan oshmaydigan keltirilmaydigan ko`phadlar
Ushbu kitobda maydonlar ustidagi bir o'zgaruvchili ko'phadlar halqasi, algebraning eng ko'p o'rganiladigan sohasi sifatida o'rganiladi. Unda matematik tahlil, analitik geometriya fanlari bilan bog'liqlik, cheksiz va chekli maydonlar ustidagi ko'phadlarning xususiyatlari va ularning o'ziga xosliklari tahlil etiladi. Shuningdek, Z5 maydon ustidagi ko'phadlarning xossalari, teoremalari, keltiriladigan va keltirilmaydigan ko'phadlar o'rganilib, misollar bilan tushuntiriladi.