Acer semenovii rgl. et herd. (zarang)ning bioekologik xususiyatlari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasining biologiya taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan. Tadqiqotda "Acer semenovii" (Semenov zarangi) oʻsimligining bioekologik xususiyatlari, introduksiyasi va Andijon viloyati sharoitida oʻstirish imkoniyatlari oʻrganilgan. Ishda oʻsimlikning morfologik, fenologik va ekologik xususiyatlari, Andijon viloyatining iqlim sharoiti va ushbu sharoitda oʻsimlikning introduksiya qilinishi natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida "Acer semenovii" oʻsimligini Andijon viloyati sharoitida muvaffaqiyatli oʻstirish mumkinligi, uning manzali daraxt sifatida katta ahamiyatga ega ekanligi koʻrsatilgan.