"Ózbekshe-qaraqalpaqsha hám qaraqalpaqsha-ózbekshe sózlik"
Ushbu lug'at o'zbek va qoraqalpoq tillari o'rtasidagi umumiy va tafovutli jihatlarni ochib berish, shuningdek, ikki xalqning madaniy-ma'naviy rivojlanishiga hissa qo'shish maqsadida yaratilgan. Lug'atda ikki tildagi so'zlarning o'ziga xos talaffuzi, o'zgarishi, shuningdek, ularning ma'naviy va madaniy jihatdan yaqinligiga urg'u berilgan. Kitobda o'zbek va qoraqalpoq tillarining o'ziga xos xususiyatlari, o'xshashliklari hamda tafovutlari atroflicha yoritilgan. Lug'atda o'zbek va qoraqalpoq tilshunosligida yangi qadam qo'ygan so'zlar, jumladan, tilshunoslikka oid terminlar ham o'rin olgan.