"Dúnya dinleri tariyxı" 10-klass
Ushbu kitobda jahondagi turli dinlar, ularning tarixi, paydo bo'lishi, rivojlanishi va kelib chiqishi, shuningdek, ularning asosiy ta'limotlari, urf-odatlari, ibodat va marosimlari, ibodatxonalar, bayramlar va mazhablari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekiston hududida dinlarning tarqalishi, buddizm, yahudiylik, xristianlik, islom va boshqa dinlarning Oʻzbekiston jamiyatiga ta'siri, diniy bagʻrikenglik va milliy qadriyatlarning oʻzaro aloqadorligi kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobda shuningdek, diniy ekstremizm, ksenofobiya, milliy va diniy murosasizlik kabi illatlarning jamiyatga ta'siri hamda ularga qarshi kurash yoʻllari ham koʻrsatib oʻtilgan.