"Papfen” “kоrxоnasida kоmpakt ip asоsida pishitilgan ip ishlab chiqarish texnоlоgiyasini jоriy etish
Ushbu kitob to'qimachilik sanoatida ip ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, korxonalarning iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekistondagi to'qimachilik korxonalarining hozirgi holati, texnologik jihozlar, yigirish usullari va ularning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, ip sifatini yaxshilash, chiqindilarni kamaytirish, energiya sarfini optimallashtirish bo'yicha takliflar beriladi. Kitobda Namangan shahridagi "PAPFEN" korxonasining modernizatsiya loyihasi misolida, ishlab chiqarishni takomillashtirish yo'llari ko'rsatib berilgan.