"Tomaris" afsonasi asosida ilyustratsiyalar ishlash
Ushbu bitiruv malakaviy ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA SANʼAT FAKULTETI bitiruvchisi Yusufov Sanjar Maqsudovichning 5110800 - Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bitiruv malakaviy ishidir. Unda "To`maris" afsonasi asosida ilyustratsiyalar ishlash mavzusi ilmiy rahbar "TS va MG" kafedrasi o`qituvchisi Karimov Hamidbek Otaxonovich rahbarligida yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxati va ilovadan iborat bo'lib, kitob grafikasi san'atining rivojlanishi, grafikada kompozitsiya xususiyatlari va illyustratsiya tushunchasi, grafikachi rassomlar ijodida afsona va rivoyatlar va tarixiy mavzularning aks etishi kabi masalalarni o'z ichiga oladi.