Бухгалтерский учёт
Kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining nazariy, uslubiy va amaliy masalalari atroflicha yoritilgan. Davlat standarti talablariga muvofiq tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanmada buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish, xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi registrlari va moliyaviy hisobotni shakllantirish bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar talablarining to‘liq yoritilgan. Shuningdek, unda O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro standartlar va zamonaviy menejment talablariga muvofiq keladigan zamonaviy texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobini yuritishning nazariy va amaliy jihatlari tushuntirilgan. Kitobda hisob ob’ektlariga baho berish usullari, hisobga olish registrlari va moliyaviy hisobotning shakllanishi hamda axborot tizimining asosiy elementlari, ya’ni hujjatlar, inventarizatsiya, hisoblar, qo‘shyoqlama yozuv, balans va hisobotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.